ESSENTSIYA
ESSENTSIYA (lotincha — mohiyat, negiz) — biror moddaning o’tkir damlamasi yoki eritmasi. «Essentsiya» termini, ko’pincha, biror erituvchi bilan eritib (ajratib) olingan o’simlik moddalariga nisbatan ishlatiladi, masalan, gul Essentsiyasi. Essentsiya ishlatish oldidan suyultiriladi, masalan, sirka Essentsiyasi.