Estakada

Estakada – 1) ko’prik ko’rinishidagi yer yoki suv usti inshooti bo’lib, estakada transport vositalarini o’tkazish, yuklash-tushirish ishlarining bajarilishini ta’minlash, muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun xizmat qiladi. Odatda ko’p sonli oraliqlardan tashkil topadi; 2) ustunlar qatoridan va oraliq inshootdan tashkil topgan va transport vositalaridan (piyodalar harakatlanishi); o’tkazishga turli kommunikatsiyalarni yotqizishga, yuklash va tushirish ishlari va shu kabilar uchun mo’ljallangan yer usti (suv usti) ochiq, cho’ziq inshoot. Masalan: ravoqli estakada, to’sinli estakada, betonlash estakadasi, temir-beton romli estakada, yo’lovchilar estakadasi, romli estakada, naqliyot estakadasi va hokazolar.