ESTRADA
ESTRADA (ispancha — taxtasupa), estrada san’ati — 1) keng ma’noda — ko’ngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor ma’noda — sahnaviy professional san’at turi. Rossiya va boshqalar ba’zi mamlakatlarda Estrada, Angliyada myuzikxoll, Frantsiyada Varete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan yuritiladi. Estradaning kelib chiqishi xalq og’zaki ijodi bilan bog’liq bo’lsada, u muayyan (tijoratommabop) san’at turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. Estradaning asosiy shakli — maxsus joylarda, muntazam ravishda o’tkaziladigan Estrada kontsertidir. U bir nechta (yoki yakka) artist (so’z ustasi, xonanda, raqqos, aktyor va boshqalar)ning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat bo’lib, ifoda vositalarining lo’nda va yorqinligi, o’ziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda bo’lishi bilan ajralib turadi. Estrada tomoshalari ba’zan konferanse birlashtirgan mavzuli dastur asosida tuziladi. Yevropada Estrada tomoshalari dastlab kafe va restoranlarda, keyinchalik moslashtirilgan teatr binolari va boshqalar joylarda o’tkazilgan. Ularda so’z ustalari, qo’shiqchilar, raqqos va raqqosalar, shuningdek, akrobat, ko’zbog’lovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, feleton, hajviy hikoya kabi nutq janrlari, Estrada (milliy, bal va boshqalar) raqsya, kuplet va Estrada qo’shig’i, ko’pgina tsirk turlari (akrobatika, jonglyorlik, fokus va boshqalar), teatr miniatyurasi, qo’g’irchoqbozlar chiqishlari, pantomime va boshqalar mavjud. O’zbekistonda (boshqa Sharq mamlakatlarida bo’lgani kabi) Estradaning rivojlanishi quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan: bir tomondan unda an’anaviy san’at namunalari sahna talablariga moslashtirib o’zgartirilgan (masalan, Tamaraxonim va M.Qoriyoqubov ijrosidagi xalq lalarlarining sahna talqinlari, Yusufjon qiziq\shsh askiya an’analariga asoslangan konferanselik chiqishlari va boshqalar) yoki milliy janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M.Turg’unboyeva usta olim bilan birgalikda ijod qilgan «paxta», «pilla» kabi ommaviy sahna raqslari). Ikkinchi tomondan O’zbekiston Estradasi chet el san’ati shakl va uslublari (mas, jaz, Estrada orkestri, myuzikxoll)ni o’zlashtirishi bilan boyidi. 1956 yildan O’zbek estrada teatri, keyinchalik O’zbek davlat estrada birlashmasi (1996 yilgacha) faoliyat ko’rsatgan. Hozirda Estrada san’atini rivojlantirish, Estrada jamoalari hamda yakka ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalar «O’zbeknavo» birlashmasiga yuklatilgan. Estrada o’quv yo’nalishi sifatida maxsus ta’lim tizimiga kiritilgan. 1996 yildan Toshkent estrada kolleji, O’zbekiston davlat konservatoriyasi va boshqalar san’at (musiqa) o’quv yurtlarida Estrada fakultetlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ad.: Klitin S, Estrada, L., 1987. Olimjon Bekov.