ETALON VAQT

ETALON VAQT — yerning o’rtacha aylanish tezligiga mos keluvchi aniq vaqt shkalasi (jadvali) ni tuzish uchun xalqaro vaqt xizmati olib boradigan astronomik kuzatishlar natijalari asosida hisoblanuvchi xalqaro vaqt. Aniq atom vaqti shkalasi kiritilganidan (1975 yildan) keyin xalqaro vaqt shkalasi Etalon vaqt shkalasi maqomini yo’qotdi. Xalqaro vaqt yangi ehtimoliystatik usulda hisoblanadi. Mamlakatlarning vaqt xizmatlari yerning aylanish tezligi o’zgarishlari va uning fazodagi vaziyati to’g’risida muntazam ma’lumotlarni tayyorlaydi. Vaqt xizmati har kunning ma’lum soatlarida radio orqali aniq vaqt signallarini berib turadigan st-yalar ko’p. Jahon miqyosida Etalon vaqtga doir ishlarni Parijda joylashgan xalqaro vaqt byurosi boshqarib turadi. O’zbekistonda Etalon vaqt masalalari bilan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti shug’ullanadi.