ETILASETAT
ETILASETAT, SN3SOOS2N5 murakkab efir; yoqimli meva hidli, rangsiz uchuvchan suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi -82,4°, qaynash temperaturasi 77,1°, zichligi 900 kg/metr kub; suvda eriydi, spirt va efir bilan cheksiz aralashadi. Etilasetat atsetaldegiddan va sirka kislotani etanol bilan eterifikaning olinadi. Etilasetat nitrosellyuloza, tsellyuloid, alkid, vinil, polivinilasetat smolalari, xlorkauchuk va boshqalar uchun erituvchi sifatida qo’llanadi; spirtli aralashmasi atsetilsellyuloza, loklar va boshqalarni eritishda ishlatiladi. Etilasetat — narkotik modda, bug’i shilliq pardaga ta’sir etadi, dermatitlar va ekzemaga sabab bo’ladi. Havoda Etilasetat bug’i 200 mg/mter kubdan ko’p bo’lmasligi kerak.