ETILENGLIKOL

ETILENGLIKOL, 1,2 etandi ol, NOSN2—SN2ON — 2 atomli oddiy spirt; rangsiz, hidsiz, shirin ta’mli qovushqoq gigroskopik suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi -12,7°, qaynash temperaturasi 197,° 6°, zichligi 1108,8 kg/m3. Suv, spirt, atseton, gliserinda yaxshi eriydi, benzol, toluol, dietil efir, uglerod tetraxloridda oz eriydi. 20% li suvdagi eritmasi -8° da, 40% li eritmasi -24° da, 66,7% li eritmasi -75° da, 80% Di eritmasi — 47° da, 90% li eritmasi — 29° da muzlaydi. Etilenglikol glikollarning barcha xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar va ishqorlar bilan glikolyatlar, organik kislotalar va ularning angidridlari bilan 1 va 2 almashingan murakkab efirlar, degidratlanganda atsetaldegid (2ps12 ishtirokida), dietilenglikol (Neon ishtirokida) yoki dioksan (N2804 ishtirokida qizdirilganda), etilenoksid bilan polietilenglikollar N(OSN2SN2)pon hosil qiladi. Sanotda Etilenglikol etilenoksidni gidratlab olinadi. E.ning suv bilan aralashmasi antifriz sifatida ishlatiladi. Plastmassalar, sun’iy tola ishlab chiqarishda to’qimachilik, atirupa, tamaki sanoatida qo’llanadi.