ETILSELLYULOZA
ETILSELLYULOZA, etosel tsellyulozaning oddiy etil efiri. Ta’msiz va hidsiz oq kukun. Umumiy formulasi [S6N702(on),_x(OS2N5)x]p. Benzol bilan metanol, toluol bilan etanol aralashmalari va piridinda eriydi. Ishqoriy tsellyulozani etil xlorid bilan eterifikasiyalab olinadi. Plastmassa, lok, tasmalar, elektr izolyasiya materiallari va boshqalar tayyorlashda ishlatiladi.