ETIMKALOS G’ORI

ETIMKALOS G’ORI – Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi g’or. Etimkalos tog’i (Boysun tizmasi) ning shimoliy- g’arbiy yon bag’rida, tuman markazidan 25 kilometr Janubi-sharqda, 880 metr balandlikda joylashgan. Yura davriga mansub gips qatlamlarida hosil bo’lgan. G’or og’zi janubga qaragan, eni 3,5 metr, balandligi 1,7 metr. Ichki tuzilishi murakkab: bir qancha xonalar va har tomonga yo’palgan turli kattalikdagi yo’laklardan iborat. Yo’laklarning deyarli hammasi oxirida torayib tugagan. Ularning eni 1-3 metrdan 7-9 metrgacha, balandligi 1 — 2 metrdan 5 metrgacha. Sahnida g’or devori va shipidan qulab tushgan tosh parchalari mavjud. G’orning umumiy uzunligi 182 metr, maydoni 360 metr, hajmi 700 M1 dan ziyod.