ETNONIM

ETNONIM (etno… va oputa — ism, nom) — urug’, qabila, elat, xalq, millat va boshqalar xil etnik uyushmalar nomi. Biror tildagi Etnonimlar majmui etnonimiya deb yuritiladi. Urug’, qabila, xalq nomi o’zi tomonidan tanlangan yoki o’zgalar (ko’pincha qo’shni etnoslar) tomonidan berilgan bo’lishi mumkin. Etnonim etnosning o’zi tomonidan tanlangan bo’lsa — avtoetnonim: o’zgalar tomonidan nomlangan bo’lsa — allogen (ekzogen) Etnonim deb yuritiladi.