ETNOTSENTRIZM

ETNOTSENTRIZM (yun. etnos – guruh, lot. sentrum – markaz) — alohida shaxs va ijtimoiy guruh tomonidan ijtimoiy hayot hodisalarini muayyan etnik birlik nuqtai nazaridan baholanishi. Etnosentrizm u yoki bu millat uning intilishlari haqida o’ta ziddiyatli, kerak bo’lsa ongli ravishda murakkablashtirilib kelingan, ayni paytda ayrim siyosiy kuchlar tomonidan ko’pirtirilayotgan g’oya tarzida, global barqarorlik hamda millatlararo o’zaro ishonch amaliyotiga salbiy ta‘sirga ega g’oyaviy-siyosiy kuch hisoblanadi.