EVTROFLAR

EVTROFLAR, evtrof o’simliklar (lotincha eshgorda — yaxshi oziqlanish) — unumdor tuproqlarga talabchan, gumus va mineral oziq elementlarga boy tuproqlarda yaxshi o’sadigan o’simliklar. Evtroflarga keng bargli daraxtlar, butalar, keng bargli o’rmonlarda o’sadigan o’tlar, qora tuproqli cho’llar va pastqamliklarda o’sadigan o’simliklar va deyarli barcha ekinlar kiradi.