FABRIKA

FABRIKA (lotincha fabrica — ustaxona) — mashina tizimlarini qo’llashga asoslangan sanoat korxonasi, yirik mashinalashgan ishlab chiqarish shakli. Fabrika 18-asr oxiri va 19-asrning 1-choragida paydo bo’ldi. Yevropaning ayrim mamlakatlarida, shuningdek, O’zbekistonda tarixan «fabrika» tushunchasi yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalariga nisbatan qo’llaniladi.