FAOL BANK OPERATSIYALARI

FAOL BANK OPERATSIYALARI — bank resurslarini joylashtirish va foydalanish bilan bog’liqdir. Bunga kundalik operatsiyalar, veksellar, tovarlar, fondlar bilan ishlash kiradi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni bilan yangi operatsiyalar konsalting, lizing, faktoring, trat, injiniring xizmatlarini o’z ichiga oladi. Hozirgi davrda eng faol bank operatsiyalariga veksellarni hisobga olish, ulami veksel egalaridan sotib olish va belgilangan vaqtda ularning to’liq qiymatini to’lash kiradi. O’zbekistonda faol operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-iyundagi 204-sonli “Xalq xo’jaligida veksellarni qo’llash to’g’risida” gi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, banklar operatsiyasiga ssuda berish, asosan, qimmatbaho qog’ozlar orqali amalga oshiriladi va fond operatsiyalari deb yuritiladi. Banklar mol-mulklarni garovga olish yo’li bilan ham ssuda beradi. Bunga mahsulotga (tovarga) asoslangan operatsiyalar deb yuritiladi. Banklar o’zlarining doimiy mijozlariga olgan qarzlarini o’z vaqtida qaytarishiga shak-shubhasiz, hech qanday garovsiz ssudalar beradilar. Bular hujjatli operatsiyalar deyiladi.