FARMATSEVT
FARMATSEVT (Yunoncha pharmakentes — dori tayyorlovchi) — oliy (provizor) yoki o’rta (provizor yordamchisi) farmatsevtik ma’lumotga ega bo’lgan mutaxassis. Farmatsevtlar farmasevtika intlari, tibbiyot instituti hamda tibbiyot kollejining farmasevtika fakultetlarida tayyorlanadi. Farmatsevt dorixona, nazoratanalitik va sud kimyosi laboratoriyalarida, farmasevtika zavodlarida faoliyat ko’rsatadi.