Fayans (chinni)
Fayans (chinni) – keramik material, oq, g’ovak sopol parchasi; suv shimuvchanlikni kamaytirish uchun yengil eriydigan glazur bilan qoplanadi. Farfordan farqli o’laroq, tarkibida loy, bo’r yoki ohak ko’proq bo’ladi. Sanitar-texnik buyumlar, glazurlangan pardoz plitkalari va shu kabi buyumlar ishlab chiqarish sohasida keng qo’llanadi.