FAYOZOV MIXAIL

FAYOZOV MIXAIL (Mamasharif) G’iyosovich [1925.15.6, Avliyoota (Qozog’iston, hozirgi Taroz shahri) — 1990.30.10, Chust shahri] — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi leytenant. 1943 yildan armiya safida. Shu yildan frontda. Kichik leytenantlar kursini tugatgan. 175-gvardiyachi o’qchi polki (1-Ukraina fronta 5gvardiyachi armiyaning 58-gvardiyachi o’qchi diviziyasi) vzvod komandiri. 1945 yil 23 yanvarda Oder daryosini kechib o’tishda alohida ko’rsatgan jasorati uchun 1945 yil 27 iyunda Qahramon unvoni berilgan. Chust tumanida turli xo’jalik rahbari vazifalarida ishlagan. Chust shahridagi maktab va ko’chaga Fayozov nomi berilgan.