FAYYUM PORTRETLARI

FAYYUM PORTRETLARI — qadimgi Misrda ipshangan marhumlarning rangtasvir portretlari; dastgohli rangtasvirning qadimgi namunalari. 1887 yilda ilk bor eng yirik topilmalar aniqlangan joy (Fayyum vohasi) nomidan shunday atalgan. Eng rivojlangan davri 1— 3 asrlar o’rtalariga to’g’ri keladi. Fayyum portretlari mum rassomligi usulida taxtaga ishlanib, so’ng mumiyolangan murdalar tobutining yuz qismi o’rniga qo’yilgan. Fayyum portretlarining dastlabkilari matoga ishlangan. Ba’zan avvaldan xonadonlar uchun ham tayyorlanib, tasvirlangan shaxs vafotidan so’ng uning mumiyosiga qo’yilgan. Fayyum portretlarining uslub jihatidan 2 — antik san’at an’analari hamda misrliklar san’atiga ergashgan yo’nalishari kuzatiladi. Fayyum portretlarida obrazlar o’ta hayotiy, aniq shakllar hajmli, chiziqlari ifodali, tekis qilib ro’paradan, ba’zan bir ozgina (3/4 ga) burilgan hodda nursoya vositasida shakllantirilgan. Fayyum portretlarining boy to’plamlari Rossiya (Moskvadagi tasviriy san’at muzeyi va Ermitajda), Misr (Qohiradagi Misr muzeyida), Buyuk Britaniya (Luvr, Britaniya muzeyida), Germaniya (Berlindagi davlat muzeylarida) va boshqalarda saqlanadi.