FAYZIYEV AHMAD

FAYZIYEV AHMAD (1910.10.5, Qo’qon — 1993.8.1, Buxoro) — O’zbekiston xalq artisti (1956). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1940). 1925-30 yillar Qorako’l tuman bolalar uyida murabbiy va havaskorlik truppasining badiiy rahbari. 1930 yildan Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatri aktyori. Fayziyev asosan, komik va hajviy rollar ustasi sifatida tanilgan: tabib (G’. Zafariy, «Halima»), Xolmat (Hamza, «boy ila xizmatchi»), Madazim (K. Yashin, «Tormor»), Sokov (M. Urdibodu, «besh so’mlik kelin»), tersak (K. Yashin, T. Jalilov, «Ravshan va Zulxumor»), Majididdin (uyg’un, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Poloniy (U. Shekspir, «Hamlet»), Go’dalak (S. Xo’janiyozov, «Suymaganga suykanma»), Mo’min (E. Vohidov, «Oltin devor»), Podkolyosin (N. Gogol, «uylanish») va b. F. o’tkir xarakterli aktyor bo’lib, uning ijodi an’anaviy xalq teatri namunalari, qiziqchilik san’ati zamonaviy komedik rollar bilan uyg’unlashgan holda olib borilishi bilan ajralib turadi.