FAYZIYEV BOBOMUROD

FAYZIYEV BOBOMUROD (1960.23.11, Yettisoy tumani) — sambochi, xizmat ko’rsatgan sportchi (1988). 52 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston chempioni (1978, 1981), jahon kubogi g’olibi (1982, Bilbao), 3 karra jahon chempioni (1982, Ovyado; 1986, Po; 1987, Milan). Toshkent universitetining yuridik fakultetini (1985), O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini (1991) tugatgan. Sambo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi (1988-1998). 1998 yildan O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligida boshqarma boshlig’i.