FAZO

FAZO (matematikada) — mantiqiy fikrlanuvchi shakllar yoki biror konstruktsiyalar amalga oshiriladigan muhit. Masalan, elementar geometriyada tekislik yoki fazo turli shakllar yasaladigan muhit bo’ladi. Fazodagi o’zaro bog’lovchi munosabatlar ichki tuzilishi (strukturasi) jihatidan odatdagi fazoviy munosabatlarga o’xshash. Tarixiy nuqtai nazardan matematik Fazo Real Fazoning taqribiy abstrakt qiyofasini ifodalovchi 3 o’lchovli Evklid fazosiamr. Matematika, mexanika, fizikaning rivojlanib borishi bilan Evklid fazosi, Evklid geometriyasining tushunchalarini sekin-asta umumlashtirish va o’zgartirish natijasida «Fazo»ning hozirgi umumiy tushunchasi vujudga keldi. 19-asrning 1-yarmida yaratilgan Lobachevskiy Fazosi, l o’lchovli Evklid Fazosi tushunchalari Evklidning 3 o’lchovli Fazosidan ancha farq qiladi. Matematik Fazo to’g’risidagi umumiy tushunchani 1854 yilda B. Riman olg’a surgan. Bu tushuncha keyinchalik kengaytirilib, unga aniqliklar kiritildi. Natijada vektor Fazo, Gilbert fazosi, Riman fazosi, funktsional Fazo, topologik Fazo vujudga keldi. Matematikada Fazo sifatida ob’yektlarning uzluksiz (tutash) to’plami qaraladi. Bu ob’yektlar sifatida geometrik figuralar, funktsiyalar, fizik tizimlarning turli holatlarini olish mumkin. Ular shu Fazoning «nuqtalari» deb hisoblanadi. Nuqtalarning to’plami esa Fazodagi figura deb qaraladi. Matematik Fazolarning qaysi biri Real Fazoni yaxshiroq aks ettirishi tajribadan aniqlanadi. Masalan, hozir Real Fazo xossalari Riman geometriyaschda Evklid geometriyasiga nisbatan aniqroq aks etishi to’la to’kis isbot etilgan.