FAZOTRON
FAZOTRON (faza… va … tron) — vaqt bo’yicha doimiy magnit maydonga ega bo’lgan va tezlatuvchi elektr maydonining chastotasi kamayib boradigan tsiklik rezonans tezlatkich; og’ir zarra (proton, deytron, azarra) larni tezlatishda qo’llaniladi. Fazotronning asosiy qismlari doimiy elektromagnit va magnit qutblari orasida joylashgan hamda tezlashtiruvchi elektrod (duant)lar o’rnatilgan vakuum kameradan iborat. Vakuum kamera markazida zaryadlangan zarralar manbai joylashgan. Bu manbadan chiqayotgan zarralar doimiy magnit maydonda aylanma harakat qilib, elektrodlar orasidagi tirqishdan har bir o’tishida elektr maydon ta’sirida tezligini oshiradi. Zarralar tezligi ortgan sari aylanish radiusi ham ortib borib, spiralsimon traektoriya hosil qiladi, zarraning massasi ortib boradi, natijada aylanish davri ham ortadi va tezlatuvchi yuqori chastotali elektr maydonning chastotasi kamayib boradi. Magnit tizimi qo’pol bo’lgani uchun zarraga 1 GeV dan ortiq energiya beradigan Fazotron qurish samarali emas: bunday hollarda sinxrofazotronparlan foydalaniladi. Fazotron impuleli rejimda, ya’ni sinxrotron (rezonans) rejimda ishlaganda qolgan zarralar guruhi energiyasi mumkin bo’lgan eng katta qiymatga erishganda Fazotrondan chiqib ketadi va Fazotronning parametrlari o’zining boshlang’ich qiymatiga qaytadi hamda tezlatishning yangi tsikli boshlanadi.