Fenologiya

Fenologiya(yunoncha fenomena — hodisa, logos — fan) — yil fasllarining almashinishi va ob-havoning o`zgarishi munosabati bilan organik va anorganik tabiatning mavsumiy taraqqiyotini o`rganadigan fan; masalan, suvlarning muzlash va muzdan tushish, o`simliklarning ko`rtak chiqarish, gullash muddatlari, qushlarning uchib kelish va uchib ketish muddatlarini fenologiya o`rganadi.