FERMA

FERMA — xususiy qishloq xo’jalik korxonasi. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida Ferma o’z mulkida yoki ijaraga olingan yerda xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanadigan fermerga tegishli bo’ladi. Sobiq Ittifoqda chorvachilik maqsulotlari ishlab chiqarish va chorva mollarini o’stirish bilan shug’ullanadigan qishloq xo’jalik korxonasi yoki uning bo’linmasi Ferma deb atalgan. Ixtisoslashishiga qarab, Ferma qoramolchilik, qo’ychilik, cho’chqachilik, parrandachilik va boshqa yo’nalishlarda tashkil etiladi. Chorvachilik Fermalari naslchilik va tovar Fermalariga bo’linadi, ularning miqyosi chorva mollari bosh soni va mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi. Fermalar yem-xashak ekinlarini ekish, mollarni yaylovda boqish sharoiti, suv resurslari, yo’llarning joylashishi, aholi yashash joylarining uzoqyaqinligi, veterinariyasanitariya va boshqa omillar mavjudligiga qarab tashkil etiladi.