FERMI GAZ

FERMI GAZ, Fermi gazi yarim butun (h birliklarida 1/2, 3/2, …) spinli zarralardan tashkil topgan gaz. Fermi — Dirak statistikasiga bo’ysunadi. O’zaro ta’sirlashmaydigan zarralardan tashkil topgan Fermi gaz ideal Fermi gaz deb ataladi. Metallar va yarimo’tkazgichlardagi elektronlar, atom nomeri katta bo’lgan atomlardagi elektronlar, og’ir atom yadrolaridagi nuklonlar, yarim butun spinli kvazizarralaryaan tashkil topgan gazlar Fermi gazlar hisoblanadi. Fermi gaz uchun Pauli printsipi o’rinli. T=0 K temperaturada Fermi gaz asosiy xrlatda bo’ladi va uning zarralari energiyasi Fermi energiyasi (eg’) deb ataluvchi energiyaga bo’lgan barcha kvant holatlarni egallaydi, energiyasi E>eg’ bo’lgan holatlar 0bo’sh bo’ladi. T=0 K da ideal Fermi gaz kvant holatlarini o’rtacha to’ldirish soni Fermi taqsimot funktsiyasi bilan aniqlanadi. Ideal bo’lmagan Fermi gaz uchun ham chegaraviy Fermi energiyasi mavjud, lekin uning zarralari ma’lum kvant holatlarda bo’lmaydi.