FERMOPIL JANGI
FERMOPIL JANGI – yunon-fors urushlari davridagi Lamiya shahridan Janubi sharqda joylashgan Fessaliya bilan O’rta Yunoniston o’rtasidagi tog’ yo’lagida sodir bo’lgan jang (miloddan avvalgi 480 yil). Oz sonli yunon ittifoqchi qo’shini (5 ming kishiga yaqin) Sparta podshosi Leonid boshchiligida Fermopil yo’lagidagi pozisiyani egallab, Axomaniylar podshosi Kserks qo’shini yo’liga fob bo’lgan. Yunon qo’shinidan qochib o’tgan xoin yordamida forslar yunonlarning orqa tomoniga o’tib olishga muvaffaq bo’lishgan. Shunda Leonid asosiy kuchlarini Afinani mudofaa etish uchun jo’natgan, o’zi esa 300 ta spartalik bilan Fermopilni qattiq mudofaa qilishni davom ettirgan. Tengsiz jangda barcha jangchilar halok bo’lgan. Fors qo’shinlari O’rta Yunonistonga bostirib kirib Afinani egallashgan. Fermopil jangi bo’lgan yerda yodgorlik o’rnatilgan.