FEROMON

FEROMON (Yunoncha phero — eltaman, olib boraman va hormao — harakatga keltiraman, qo’zg’ataman), x,asharotlar feromonlari — hasharotlar atrof muhitga chiqaradigan biologik faol moddalar, jinsiy attraktantlar. Hasharotlar jinsiy Feromon chiqarish bilan turli jinslarning bir-birini o’zaro «topishishi»ni, jinsiy maylni, jalb qilish Feromoni bilan cheklangan maydonda juda ko’p hasharotlar to’planishini ta’minlaydi, «xavfxatar» Feromoni qochish, berkinish, hujumkorlik harakatlariga sabab bo’ladi. Hozirgacha turli hasharotlarning 300 dan ortiq Feromoni o’rganilgan. Ular asosida juda ko’p sintetik Feromonlar yaratilgan. Feromon hasharotlar harakatini boshqarishda samarali vosita hisoblanadi. Ulardan ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurashda feromon tutqichlar tarzida foydalaniladi. Sintetik Feromon zararkunanda hasharotlar sonini hisobga olish va prognozlashda, zararkunandalarni jalb etib, so’ngra ularni yo’qotishda qo’llaniladi. Ad.: Minaylo V. A., Pyatnova Yu. B., Feromoni nasekomix, M., 1984. Abdukarim Zikiryoyev.