FERUZA
FERUZA — mineral. Kimyoviy tarkibi Sia16[RO4]4(on)84N2O. Triklin singoniyada kristallanadi. Yashirin kristalli yaxlit massalar, kurtaksimon agregatlar, pust, tomirlar hosil kiladi. Mineral agregatlarining tuzilishiga qarab, qattiq va yumshoq ko’rinishga ega. Qattiq Feruzaning rangi ko’k va samoviy ko’k bo’lib, yashil, qo’ng’iryashil va qo’ng’ir ranggacha o’zgaradi. Yumshoq Feruza nam holatda uchraydi, quritilganda qattiqlashadi. Rangi oqimtir, och havorang, havorangyashil va och yashil bo’ladi. Qattiqligi 5-6, zichligi 2,6 -2,8 g/sm3. Jilosiz, xira, mumga o’xshash. F. gipergen mineral bo’lib, mis konlarining oksidlanish zonasida hamda kvars tomirlari va nurash jarayoniga uchragan kvarsli porfirlarda joylashgan. Feruza kaolin, galluazit, yarozit, alunit, opal, barit, xrizokollar bilan assotsiatsiyada uchraydi. Zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. O’zbekiston hududida juda qadimdan ma’lum. Sharq mamlakatlarida qimmatbaho tosh sifatida qadrlanib kelgan. Uzoq vaqtlargacha O’rta Osiyo boshqa mamlakatlarni Feruza bilan ta’minlab kelgan. Eng yirik koni — Nishopur (Eron), O’zbekistonda Feruza Markaziy Qizilqum va Qurama, Qoratepa, Sulton Uvays tog’larida mavjud.