FERUZSHOH TUG’LOQ

FERUZSHOH TUG’LOQ – Dehli sultonligi hukmdori (1351 — 88). Hokimiyat tepasiga mamlakatda yirik zamindorlar — muqtadorlar kuchayib, ularning ayirmachilik harakati, ijtimoiy qaramaqarshiliklar avj olgan sharoitda kelgan. Hokimiyatni mustahkamlash maqsadida mulqdorlarga ba’zi masalalarda yon bosgan: in’om etilgan yer mulklarini merosiyligini tan olgan, mulkdorlar yeridan Markaziy xazinaga tushadigan to’lovlarni kamaytirgan, ayrim mulkdorlardan ilgari tortib olingan yerlarni qaytargan va davlat yer solig’i miqdori kamaytirilgan. Feruzshoh tug’loq hukmronligining so’nggi davrida mulkdorlar ayirmachiligi kuchaygan.