FIBRILLAR
FIBRILLAR (lotincha fibrilla — tolacha, ipcha) — 1) hujayra tsitoplazmasining harakatlanish yoki tayanch funktsiyasini bajaradigan ipsimon strukturasi. Fibrillar protofibrillalardan tashkil topgan. Qisqaruvchi Fibrillar qisqaruvchi oqsil — aktin, muskul hujayralari — miozindan iborat.Qisqarish va bo’shashish jarayonida Fibrillar o’z strukturasini o’zgartiradi. Tonofibrillalar (ulardan ayrimlari keratinga ega) epiteliy hujayralarida ko’p bo’lib, hujayraning tarangligi va qattikdigini ta’minlaydi. Nerv hujayralari tsitoplazmasidagi nitrofibrillalar nerv impulslarini utkazitshda ishtirok etadi.