FIKTIV KAPITAL

FIKTIV KAPITAL — barcha o’ziga xos fimksional shakllarga ega sanoat kapitali sifatidagi real kapitalning qog’ozdagi timsolidir. Fiktiv kapitalning bahosi ikki holatda aniqlanadi: a) kapitalga bo’lgan talabning taklifga nisbati orqali; b) qimmatli qog’oz bo’yicha kapitallashgan daromad miqdoriga qarab. U kapitalga bo’Igan talabning taklifga nisbatan oshishi va qimmatli qog’ozdan keladigan daromad miqdoriga to‘g‘ri proporsional, kapital taklifining talabdan oshishi va mamlakatdagi bank foizi me’yor darajasiga teskari proporsionaldir. Shuning uchun soxta kapital narxi qiymatli bozor kategoriyasi hisoblanib, uning bahosi tez o’zgaruvchan (tebranma) bo’ladi.