Fil Qala qo’rg’oni haqida eshitganmisiz?

Fil Qala qo’rg’oni haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSR, Beruniy rayonida. Bu qo’rg’on Xorazmning eng qadimgi markazi, Tabariy shaharni Madinatal Fil deb tilga oladi. Ibn Haukal Kas yoki Kat deb ataydi. Beruniy asarlarida ham Fil yoki Fir nomi uchraydi. Xorazmning oldingi poytaxti Fir halokatga uchragach, markaz yangidan qurilgan va Kas deb atalgan. Mo’g’ullar istilosidan to XVII asrgacha shahar Kat deb atalgan. Fir yoki Fil so’zining kelib chiqishi haqida xalq shunday afsonani keltiradi. Bu yerda Xorazm shohlarining urushda qatnashadigan fillari boqilgan. Shu sababli qo’rg’on Filqala deb ataladi. Aslida toponim fil so’ziga hech qanday aloqador emas, u fir deb atalgan. Fir yoki Pir xorazm tilida “Eski, ko’hna” degan ma’noni anglatgan. Pur so’zi sanskirt tilida “shahar” ma’nosini bildiradi.

Добавить комментарий