FILADELFIYA
FILADELFIYA – AQShning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar, Pensilvaniya shtatida, Delaver daryosining quyi oqimida, Atlantika okeani soqilida joylashgan. Aholisi 1,5 million kishi (2002). Dengiz porti. Transport yo’llarining muhim chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. AQSh ning eng muhim sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazlaridan. Sanoati ko’p tarmoqli. Yetakchi sanoat tarmog’i — mashinasozlikning turli sohalari: sanoat jihozlari ishlab chiqarish, aviatsiya, raketa-kosmik, harbiy, kemasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari, nazorato’lchov priborlari, temir yo’l vagonlari va lokomotivlar ishlab chiqarish, shuningdek, kimyo (jumladan, kimyofarmasevtika, lokbo’yoq, neft kimyosi mahsulotlari ishlab chiqarish), neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, tikuvchilik, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Tsellyulozaqog’oz, oynashisha, to’qimachilik, mebel sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Teatrlar, muzeylar, nafis san’at akademiyasi bor. Shaharga 1682 yilda asos solingan. Filadelfiyada 1776 yilda AQSh mustaqilligi e’lon qilingan. 1790-1800 yillarda mamlakat poytaxti. Turizm rivojlangan. Harbiy-dengiz bazasi.