FILIPS EGRI CHIZIG‘I
FILIPS EGRI CHIZIG‘I — ishsizlik darajasi va narxlarning yillik o’sish sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiruvchi egri chiziq. Bu ikki ko’rsatkich o’rtasidagibog’liqlikingliz iqtisodchisi A.V. Filips tomonidan Buyuk Britaniyaning 1862-1957-yillardagi ma’lumotlari asosida tadqiq etilgan. Unda inflyatsiyaning sur ati past bo’ Isa, ishsizlikning daraj asi yuqori bo’ladi va aksincha. Muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida barqaror va oldindan ko’rish mumkin bo’lgan bog’liqlikni o’rnatish, milliy iqtisodni tartibga solish va istiqbolini belgilash imkonini beradi.