FILLIPS EGRI CHIZIG’I
FILLIPS EGRI CHIZIG’I — nominal ish haqi stavkalari o’zgarishlari sur’ati (inflyasiya) bilan ishsizlik o’rtasidagi teskari bog’lanishni ifoda etadi. Bu atama ingliz iqtisodchisi O. U. Fillips tomonidan Buyuk Britaniyada 1861 — 1957 yillar davomidagi ishsizlik va pullik ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida 1958 yilda ifodalab berilgan. Bu chiziqqa ko’ra, isheizlik darajasiga qarab, ish haqining kutiladigan o’zgarishini aniqlash mumkin. Ad:Mayburd E. M ., Vvedenie v istoriyu ekonomicheskoy misli, M., 1996; Razzoqov A. va b. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi, T., 2002.