FILXNER SHELF MUZLIGI

FILXNER SHELF MUZLIGI — Antarktida g’arbidagi muzlik, Uedell dengiziga tushib boradi. Uzunligi g’arbdan sharqda 200 kilometr, shimoldan Janubga 450 kilometrgacha. Chekka qismidagi balandligi 30 metr, Markaziy va ichki hududlarida 70-120 metr, muz kalinligi ham shunga muvofiq tarzda 200 va 450-700 metr. 1912 yilda V. Filxner boshchiligidagi nemis Antarktida ekspedisiyasi tomonidan topilgan. Filxner shelf muzligida turli mamlakatlarning ilmiy stansiyalari faoliyat ko’rsatadi.