FINIKS
FINIKS, Feniks AQShning Janubiy g’arbiy qismidagi shahar. Arizona shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,32 million kishi (2000). Transport yo’llari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dehqonchilik rnining muhim savdomoliya markazi. Tog’li Shtatlarning mashinasozlik markazi. Aviatsiya, raketakosmik, radioelektronika (jumladan, yarimo’tkazgichlar, EHM, navigatsiya jihozlari, harbiy sanoat uchun uskunalar ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Rangli metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. Shaharga 1870 yilda asos solingan.