FINZEN

FINZEN, Finsen (Finsen) Nils Ryuberg (1860.15.12, Torsxavn, Farer oroli — 1904.24.9, Kopengagen) — daniyalik fizioterapevt. Kopengagen un-tini tugatgan (1890). Kopengagendagi yorug’lik b-n davolash in-ti tashkilotchisi va direktori (1896-1904). Ilmiy faoliyati ultrabinafsha nurlarining biologic ta’siri va undan teri silini davolashda foydalanishga oid. Finzen yorug’lik bilan davolashning ilmiy asoslarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1903).