FLEBIT
FLEBIT (Yunoncha phlebos — vena, itis — yallig’lanish) — venalarning yallig’lanishi. Qo’loyoq venalari flebiti, odatda, yuqumli kasalliklar, yiringli yaralar, abssess, flegmonaning asorati sifatida, shuningdek, tug’ruqsan keyin yuzaga kelishi mumkin. Aksari streptokokklar qo’zg’atadi. Qo’loyoqning yuza va chuqur venalari, chanoq venalari flebiti ko’proq uchraydi. Venada tromb hosil bo’lishidan tromboflebit kelib chiqadi. O’tkir va surunkali Flebit farq qilinadi. O’tkir yuza Flebitda vena qattiqlashib, og’riydi va shu joy terisi qizaradi, bemor lohaslanadi, isitmalaydi. Surunkali Flebit yillab cho’zilishi va botbot qo’zib turishi mumkin. Chuqur venalar Flebitida kasallik alomatlari yaqqol ko’zga tashlanmaydi, utsi vrach tekshirib aniklashi mumkin. Flebitda yallig’langan sohani harakatlantirmaslik lozim. Davoni vrach tayinlaydi. Flebitning oldini olishda teri, xususan, oyoq panjasi terisini to’g’ri parvarish qilish, chaqalanish va yiringli kasalliklarni o’z vaqtida davolatish lozim.