FLOKKULLAR

FLOKKULLAR (lotincha floccus — bo’lak, parcha) — monoxromatik yorug’likda yoki biror muayyan nur chiziqlarida kuzatishda Quyosh diskida ko’rinadigan yorug’ tolasimon elementlar. Quyosh diskining faol sohalarida, asosan, vodorod spektral chizig’i na va ionlashgan kaltsiy chiziqlari N va K da olingan spektrogeliogrammalarda ko’rinadi. Flokkullar Quyosh xromosferasida joylashadi. Flokkullar Quyosh diskining maydon kuchlanganligi 50 e va undan ortiq bo’lgan qismida ko’rinadi. Kuchlanganlik qancha yuqori bo’lsa, Flokkullar shuncha yorug’ bo’ladi.