FLORENTSIYA UNIVERSITETI

FLORENTSIYA UNIVERSITETI — Italiya va Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. 1321 yil Florentsiya Respublikasi mablag’i hisobiga tashkil etilgan. 1472 yil universitet Piza shahriga ko’chirildi. Florentsiyada Filologiya, falsafa, teologiya kafedralari qoldi; keyinchalik bu yerda matematika, astronomiya, fizika, zoologiya, botanika, mineralogiya kafedralari tuzildi. Florentsiya universitetida mashhur italyan olimlari A. Polisiano, L. Pacholi, A. Chezalpino, E. Torrichelli, F. Redi dars bergan. G. Galiley «universitetning birinchi matematigi» unvoniga sazovor bo’lgan. 1859 yil universitet Oliy amaliy tadqiqotlar va takomillashtirish intiga aylantirilgan; 1924 yildan yana Florentsiya universiteti. Universitet yuridik, siyosiy, texnika, tabiiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, adabiyot va falsafa, pedagogika, tibbiyot, me’morlik, qishloq xo’jalik va o’rmonchilik bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Markaziy milliy kutubxona (1747 yil tashkil etilgan, 4 milliondan ortiq asar) va Maruchelli kutubxonasi (1752 yil asos solingan, 0,5 millionga yaqin qadimgi qo’lyozma va nashrlar)ni birlashtirgan kutubxonasi bor. 40 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.