FLORIDA

FLORIDA — AQShning Janub qismidagi shtat. Florida yarim oroli, materikning unga yondosh qismi va Floridakis orollarida. Maydoni 152 ming kilometr kvadrat. Aholisi 16,7 million kishi (2002). Shahar aholisi 85%. Ma’muriy markazi — Tallaxassi shahri, eng yirik sanoat shahri — Jeksonvill. Relefi tekislik. Iklimi subtropik, Janubda tropik iqlim, yanvarning o’rtacha temperaturasi shimolda 12°, Janubda 21°, iyulda 26° va 29°. Yillik yog’in 900 — 1400 millimetr. Florida hududining katta qismi o’rmon va botqoqlik. Daryolari qisqa va sersuv. Ko’l ko’p. Qishloq xo’jaligida subtropik o’simliklar yetakchi o’rinda. Yil bo’yi sabzavot yetishtiriladi. Shimol qismida paxta, yer yong’oq, tamaki, Janubda shakarqamish ekiladi. Shaharlar atrofida sut chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Foydali qazilmalardan fosforit qazib olinadi. Oziq-ovqat, tsellyulozaqog’oz, yog’ochsozlik, kimyo, radioelektronika, raketasozlik sanoatlari rivojlangan. Kanaveral burnida raketa sinov maydoni va kosmodrom bor. Floridada qishki kurort ko’p. Yirik dengiz portlari: Tampa, Jeksonvill, Mayami. Florida hududini 1513 yil ispanlar Pasxa bayrami kuni (ispancha Pascua Florida) kashf etib, shu kunning nomi bilan atashgan. 1763 yilda Bukj Britaniya egallagan. Versal shartnomasiga muvofiq, 1783 yilda yana Ispaniyaga qaytarilgan. 1819 yildan AQSh tarkibida.