Flyuger

Flyuger (gollandcha flyugel — qanot) — shamolning yo`nalishi va tezligini aniqlaydigan asbob. Shamol ta’sirida vertikal o`qda aylanadigan flyugarka shamolning yo`nalishini ko`rsatadi. Shamolning tezligi metall taxtachaning vertikal holatdan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi, yoy hosil qilgan shtift nomeri shamolning sekundiga necha metr esganligini bildiradi.