FLYUOROGRAFIYA
FLYUOROGRAFIYA, radiofotografiya, rentgen o fotografiya — rentgenodiagnostika usuli; bunda ob’ektning rentgen apparati ekranidagi tasviri unchalik katta bo’lmagan fotoplyonkaga tushiriladi. O’lchami 70×70 yoki 90×90 bo’lgan flyuorogrammalarda ko’krak qafasi a’zolari tasviri olinadi. Flyuorografiya, asosan, ko’krak qafasi a’zolari, sut bezlari, suyak sistemasi va boshqalarni tekshirishda qo’llaniladi. Yashirin kechadigan kasalliklarni ommaviy tekshirish mumkinligi uning boshqa rentgenodiagnostik usullardan afzalligidir. Flyuorografiya kabinetlari ko’chma va stasionar bo’ladi.