FOB

FOB, Franko bort (ing. FOB, free on board) — xalqaro savdoda tovarlarni etkazib berish shartlaridan biri, aynan «kemada erkin» ma’nosini bildiradi. Bu shartga ko’ra, sotuvchi o’z hisobidan tovarni kema bortiga yetkazib (ortib) beradi va (Fasdan farq qilgan xrlda) eksport bojlarini to’laydi; xaridor esa kemani o’z hisobidan yollashi, Tovar haqini to’lashi, yetkazib berilganidan keyin tovarni tashib berishni ta’minlashi lozim.