FOBIYALAR
FOBIYALAR — bemor miyasiga o’rnashib qolgan qo’rquv, vahima; kishi ruhiyatining buzilish holati. Ko’pchilik ruhiy kasalliklar (masalan, shizofreniya) da boshlang’ich belgi, nevrozlar hamda psixasteniyanmnt asosiy belgisi hisoblanadi. Qo’rquv va vahima hissi bemor sezgi hamda xatti-harakatlarida ko’rinadi. Fobiyalar mazmuni jihatidan turlicha bo’ladi. Agarofobiyada kishi yakka o’zi ko’cha va maydonlarni kesib o’tishdan cho’chiydi. Ayxmofobiya — pichoq, qaychi, to’g’nog’ich va boshqa o’tkir asboblardan (xuddi tanasiga qadaladiganidek) qo’rqish; nozofobiya — ayrim tuzalmaydigan kasallikka chalinish yoki uni yuqtirishdan qo’rqish (sifolofobiya — zaxmdan, kantserofobiya — rakdan); tanatofobiya — o’limdan vahimalanish; klaustobiya — odam gavjum joylar va transportda yurishdan qo’rqish; monofobiya — yolgizlikdan, yakka qolishdan vahimaga tushish; ereytofobiya — qizarib ketish, uyalish va hokazolar. Fobiyalarda bemor doim ko’ngli g’ash, parishonxotir bo’lib, tushkunlikka tushadi, ko’pincha qo’rquv ta’sirida o’zini himoya qilayotgandek bema’ni xattiharakatlar (masalan, kasallik yuqmasligi uchun o’zini haddan ziyod Ozoda tutish, vaqt-bevaqt qo’l yuvaverish va boshqalar)ga odatlanadi. Qattiq charchash, qo’rqish, ruhiy iztirob va boshqalar natijasida sog’lom kishilarda ham ba’zan vaqtinchalik Fobiyalar kuzatiladi, lekin bu holat salbiy omillar yo’qolganidan keyin o’tib ketadi.