FOBOS
FOBOS (Yunoncha phobos — qo’rqinch) — Mars sayyorasining yo’ldoshi. 1877 yilda amerikalik astronom A. Xoll kashf etgan. Fobosning uzunligi 27 kilometr va kengligi 21 kilometr bo’lib, aniq shaklsiz jismdan iborat. Sayyoradan o’rtacha uzoqligi 9378 kilometr. Mars atrofini 0,3 sutkada aylanib chiqadi. Fobosning 1971 yilda «Mariner9» yordamida olingan fotosuratlaridan uning sathida kraterlar mavjudligi aniqlandi.