FOHISHALIK

FOHISHALIK — o’z tanasini (asosan, ayollar) sotish bilan shug’ullanish. Antik jamiyatda paydo bo’lgan. Hozirgi ba’zi mamlakatlarda taqiqlangan yoki cheklab qo’yilgan, bir necha mamlakatlarda ruxsat etilgan. Jinoyat qonunchiligida zo’rlab yoki zo’rlik ishlatib, qo’rqitib yoki aldash yo’li bilan Fohishalikka jalb qilganligi uchun javobgarlik belgilanadi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasiga ko’ra, foxishaxona tashkil etish yoki saqlash, shuningdek, g’arazli yoki boshqa tuban niyatlarda qo’shmachilik qilishga nisbatan jinoiy jazo qo’llaniladi.