FOKUS
FOKUS (lotincha focus — o’choq, olov), optikada — nurlarning parallel dastasi optik tizimdan o’tganidan so’ng dasta nurlari kesishadigan (yoki, agar tizim parallel dastani yoyiluvchi dastaga aylantirsa, nurlarning davomi kesishadigan) nuqta. Agar nurlar tizimning optik o’qiga parallel bo’lsa, Fokus shu o’qda joylashadi; bu holda u bosh Fokus deb ataladi. Har qaysi optik tizim ikkita bosh Fokusga ega: predmet joylashgan fazodagi old bosh Fokus va tasvir hosil bo’lgan fazodagi orqa Fokus. Ideal optik tizimda hamma Fokuslar tizimning optik o’qiga perpendikulyar bo’lgan vafokal tekislik deb ataladigan tekislikda yotadi. Real tizimda esa Fokus boshqa bir fokal sirtda joylashishi mumkin.