FORMALIN
FORMALIN, formol — tarkibi 37 37,3% formaldegid, 6-15% metil spirt, 0,02—0,04% chumoli kislotadan iborat suvli eritma; zichligi 10761111 kg/m3(18°da). Formalin ta’sirchan hidga ega. Suv va spirt bilan har qanday nisbatda aralashadi; zaharli. Dezinfektsiyalovchi va dezodorasiyalovchi vosita, fungisid sifatida, teri oshlashda, organik sintezda va boshqalarda qo’llanadi.