FORS

FORS — Eronning Janubidagi tarixiy viloyat. Qadimda Persida (yunoncha), Porso (qadimgi forscha; Arabcha shakli — Fors). 7-asrda Forsni arablar bosib olib, uning bosh shahri Istaxrni vayron qilishgan. 7-asr oxirlarida Fors — xorijiylar harakati tarqalgan hudud. Fors Buvayhiylar, Solg’uriylar, Muzaffariylar, Zendlar davlatining o’zagini tashkil etgan. Bu davlatlarning markazi Sheroz shahri bo’lgan.